Sevmaysan dema sevmasam seni deb kuyarmidim?
So’zingga zor, o’zingga zor bo’lib darbadar yurarmidim?
Ketaman qalbingdan bir kuni sog’inib qolasan.
O’taman yoningdan begonaday og’rinib qolasan.
Bugundan boshlab endi sen haqingda she’rlar yozmayman,
Ertadan boshlab seni o’ylab aqldan ozmayman.

O’rtada qolmadi sevgida kuch,
Yarador yasholmasang osmonga uch,
Bor bevafo o’sha yoringni quch,
Baxtli damlarimiz hammasi puch.
Endi yo’q, orqaga yo’l yo’q,
Hiyla ko’zlaring bilan meni aldama.
Yo’q, endi ko’nglim yo’q.