Baxtiyor Mavlonov - Tog’alarim

282311
3827
Информация о видео:
Язык
Узбекский
Страна
Узбекистан
Артисты
Baxtiyor Mavlonov
Перейти на страницу артиста
Текст: Baxtiyor Mavlonov - Tog’alarim:

Minnatsiz bergan tuzingiz haqqi,
Adolat yo’lida so’zingiz haqqi,
Kulib turgan ikki ko’zingiz haqqi,
Deyman tog’am yetdi ota o’rnida.

Minnatsiz bergan tuzingiz haqqi,
Adolat yo’lida so’zingiz haqqi,
Kulib turgan ikki ko’zingiz haqqi,
Deyman tog’am yetdi ota o’rnida.

Tog’alarim, boshimizga bo’ling siz omon.
Ota degim keladi sizni har zamon.

Singillaru-opangizni,
Onangizday ko’rgansiz.
Kelganida mehmon qilib,
Diydoriga to’ygansiz.

Tashvish tushsa boshiga, Hammadan ko’p kuygansiz.
Tog’a bo’lib jiyanlarga,
Rahnamolik qilgansiz.

Tog’alarim boshimizga bo’ling siz omon.
Ota degim keladi sizni har zamon.

Jiyanlar deb kuyib yonib,
O’zingiz o’ylamaysiz.
Duodasiz siz hech qachon,
G’iybatni tinglamaysiz.

Jiyanlarga mehribonsiz,
Yomon so’z so’zlamaysiz.
Ezgulikka xizmatdasiz,
Qing’ir yo’l izlamaysiz.

Nabirayu-abiralar,
To’ldirsinlar bag’ringiz.
O’g’il qiz-u jiyanlar,
Bajarsinlar so’zingiz.

Bir kun kelib bosaylik biz.
Nurga to’la izingiz.
Hech bir jiyan namlatmasin,
Mehr to’la ko’zingiz.

Tog’alarim boshimizga bo’ling siz omon.
Ota degim keladi sizni har zamon.
Ota degim keladi sizni har zamon.

Читать далее Скрыть описание
Еще