Shahar markazida kezib yolg’iz,
Kecha birga edim, bugun sensiz,
Arzimagan sabablar biz uchun,
Ayriliqqa duchor qildi esiz.
Sen u yo’ldan, men bu yo’ldan ketamiz,
Nahotki orzulardan voz kechamiz,
Hech narsa bo’lmaganday ko’z yumib,
Muhabbatimizni tark etamiz.
Ayt osmon, nega orzular bo’ldi armon,
Sog’inchlarim yuragimni qiynaydi har on.
Sen mendan yiroq, men sendan yiroq,
Endi ikkimizni qiynaydimi firoq?
Ayt osmon, nega orzular bo’ldi armon,
Sog’inchlarim yuragimni qiynaydi har on.
Sen mendan yiroq, men sendan yiroq,
Endi ikkimizni qiynaydimi firoq?
Kutmayman lekin ko’zlarim yo’lda,
Go’yo yonimga kelasan birdan.
Kelmasliging bilsam ham negadir
Umidlar so’nmaydi yuragimdan.
Sen u yo’ldan, men bu yo’ldan ketamiz,
Nahotki orzulardan voz kechamiz,
Hech narsa bo’lmaganday ko’z yumib,
Muhabbatimizni tark etamiz.
Ayt osmon, nega orzular bo’ldi armon,
Sog’inchlarim yuragimni qiynaydi har on.
Sen mendan yiroq, men sendan yiroq,
Endi ikkimizni qiynaydimi firoq?
Ayt osmon, nega orzular bo’ldi armon,
Sog’inchlarim yuragimni qiynaydi har on.
Sen mendan yiroq, men sendan yiroq,
Endi ikkimizni qiynaydimi firoq?