ГлавнаяBekzod Jo'rayev Клипы Biz siz bilan birga Sirdaryoliklar

Bekzod Jo'rayev - Biz siz bilan birga Sirdaryoliklar

31470
1128
Информация о видео:
Артисты
Bekzod Jo'rayev
Перейти на страницу артиста
Другие клипы Bekzod Jo'rayev:
Нет видео
Текст: Bekzod Jo'rayev - Biz siz bilan birga Sirdaryoliklar:

Duo qil o’zbegim, mehribon xalqim,
Ko’zyoshlar to’kmasin aziz yurtdoshim,
Biz buyuk millatmiz bir tan-u bir jon,
Sirdaryo, ortingda turar yurtboshim.

Allohdan sinovli kunlardan darak,
Odamzod qalqidi jonini sarak,
Qarang havotirda urmoqda yurak,
Biz siz bilan birga Sirdaryoliklar.

Yo’qotgan kamingiz o’rni to’ladi,
Ofatlar ko’rgan yer nurga to’ladi,
Shu yerda bolalar o’ynab-kuladi,
Biz siz bilan birgamiz Sirdaryoliklar.

Uyqu kelmas ko’zga, nigohlar tarang,
Yurtboshim mehridan atrof rang-barang,
Bitta kuch, bir maqsad barchamiz qarang,
Biz siz bilan birga Sirdaryoliklar.

Balo kelsa qo’rqmagan buyuk millatmiz,
Dilni dilga bergan suyuk millatmiz,
Sabrda tengi yo’q metin po’latmiz.
Biz siz bilan birga Sirdaryoliklar.

Vayron bo’lgan har bir uylarning haqqi,
Shirin xayol ila o’ylarning haqqi,
Orzu-umid qilgan to’ylarning haqqi,
Biz siz bilan birga Sirdaryoliklar.
Biz siz bilan birga Sirdaryoliklar.

Ko’rgan kunlarimiz tushga aylanib,
Maqsadlar parvozda qushga aylanib,
Kerak bo’lsa barchamiz mushtga aylanib,
Biz siz bilan birga Sirdaryoliklar.
Biz siz bilan birga Sirdaryoliklar.

Unutmang barchasi sinov bu kunlar,
Tonglarga ulanar yorishib tunlar,
Tangrim qo’llar bizni, yurtboshim qo’llar,
Biz siz bilan birga Sirdaryoliklar.
Biz siz bilan birga Sirdaryoliklar.
Biz siz bilan birga Sirdaryoliklar.

Читать далее Скрыть описание
Еще