Odilbek Abdullayev - Ishing yo’q

60155
530
Информация о видео:
Артисты
Odilbek Abdullayev
Перейти на страницу артиста
Текст: Odilbek Abdullayev - Ishing yo’q:

Mehmonsan dunyoga,
Mezbon bilan ishing yo‘q.
Senga bu jonni bergan,
Olloh bilan ishing yo‘q.
Adog‘i bor umrning,
So‘rog‘i ham bor albat,
Yiqqan boyliklaring ko‘p,
Ehson bilan ishing yo‘q.
Yiqqan boyliklaring ko‘p,
Ehson bilan ishing yo‘q.

Ishing yo‘q, ishing yo‘q,
Ehson bilan ishing yo‘q.
Ishing yo‘q, ishing yo‘q,
Olloh bilan ishing yo‘q.

Kim do‘stu kim dushmaning,
Ajab tolmaysan hamon.
Shaytonga do‘st bo‘libsan,
Rahmon bilan ishing yo‘q.
O‘ylamaysan ey inson,
Dunyoni kim yaratgan,
Mevasin yeb tun-u kun,
Bog‘bon bilan ishing yo‘q.
Mevasin yeb tun-u kun,
Bog‘bon bilan ishing yo‘q.

Ishing yo‘q, ishing yo‘q,
Bog‘bon bilan ishing yo‘q.
Ishing yo‘q, ishing yo‘q,
Bog‘bon bilan ishing yo‘q.

Bu mol-u davlatingdan,
Foyda yo‘q ohiratda,
Inson uchun eng muhim,
Iymon bilan ishing yo‘q.
Nafsingga qul bo‘lgansan,
Ko‘rmas aql ko‘zlaring,
Qalbingda qon yig‘lagan,
Vijdon bilan ishing yo‘q.
Qalbingda qon yig‘lagan,
Vijdon bilan ishing yo‘q.

Boylik, amal va shuhrat,
Bular dunyo g‘aflati,
Bundan ham behabarsan,
Qur‘on bilan ishing yo‘q.
Ko‘zingni och ey odam,
Bandaliging unutma,
Nechun ushbu g‘animat,
Zamon bilan ishing yo‘q!
Nechun ushbu g‘animat,
Zamon bilan ishing yo‘q!

Ishing yo‘q, ishing yo‘q,
Zamon bilan ishing yo‘q.
Ishing yo‘q, ishing yo‘q,
Zamon bilan ishing yo‘q.
Vijdon bilan ishing yo‘q,
Qur‘on bilan ishing yo‘q,
Olloh bilan ishing yo‘q!

Читать далее Скрыть описание
Еще