Qon yig’latdi qaysi bag’ritosh,
Jayron nega ko’zing to’la yosh,
Oyog’inga qo’yib yotay bosh,
Jayron nega ko’zing to’la yosh.
Yurak qoning to’kilgan so’qmoq,
Bag’ri alvon lola qizg’aldoq,
Senga toshlar otdi qay gumroh
Jayron nega ko’zing to’la yosh.
Zor yig’lading buncha ham hayhot,
Menda ham bor sendagi sayyod,
Ey beozor ey mo’min jonzot,
Jayron nega ko’zing to’la yosh.
Bu dunyoning nokaslari bor,
Ezgulikni ko’rolmaydilar,
Meni ham qon qildirlar ular,
Jayron nega ko’zing to’la yosh.
Labim bilan yarang silayman,
Senga dardu shifo tilayman,
Kel tug’ishgan og’ang bo’lay man,
Jayron nega ko’zing to’la yosh.