Anvar G'aniyev - Kapalak

23666
354
Информация о видео:
Артисты
Anvar G'aniyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Anvar G'aniyev - Kapalak:

Tug’ilgandan men sho’rlikning bag’rim qon,
Bir jismimda talashadi ikki jon,
Jon talashsam tepamda charx urgan u,
Kapalaklar odamlardan mehribon.

Oq yomg’irda oqqush bo’lib ucharlar,
Saharlarda shudring sharob icharlar,
Tanlamayin qabrlarni qucharlar,
Kapalaklar odamlardan mehribon.

Gulga qo’nsa qanotlari botmaydi,
Ojizlarim birovga tosh otmaydi,
Bir kun yashar bir-birini sotmaydi,
Kapalaklar odamlardan mehribon.

Muhammadga ishongan ey mo’minlar,
O’lsam so’zim eslab o’yga cho’minglar,
Kapalakzor bir dalaga ko’minglar,
Kapalaklar odamlardan mehribon.

Читать далее Скрыть описание
Еще