Anvar G'aniyev - Dunyo

47054
230
Информация о видео:
Артисты
Anvar G'aniyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Anvar G'aniyev - Dunyo:

Bir qarasang baland taxtda o’tirar,
Boshing silab qorningni ham to’ydirar,
Bir qarasang o’zi non deb mo’ltirar,
Birda podshox birda irmog’ dunyo bu

Bir qarasang qirg’og’idan toshadi,
To’lqinlari bulutga yondoshadi,
Bir qarasang zo’rg’a bir tosh oshadi
Birda irmog’ birda daryo dunyo bu

Bir qarasang qulundayin o’ynoqi,
Bo’shatilgan bo’ynidan bo’yinbog’i,
Bir qarasang tizza to’la titrog’i,
Bir kun bola bir kun momo dunyo bu

Ot ham yomon ko’rar otning zo’rini,
Turta-turta quritadi sho’rini,
To’ra bo’ldi ko’rmay joylar to’rini,
Ko’pkariday ajab savdo dunyo bu

Ey karamli hayot sendan aylanay,
Ko’ksimdagi bayot sendan aylanay,
Neki bersang bergil odam tanlamay,
Bir yelpinib o’tar sabo dunyo bu.

Читать далее Скрыть описание
Еще