Anvar G'aniyev - O’zim hofiz

9440711
27235
Информация о видео:
Артисты
Anvar G'aniyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Anvar G'aniyev - O’zim hofiz:

Sizlarga bir voqeani aytib bermoqchiman, bu voqea qaysidir qishloqda sodir bo’lgan ekan. Bir qiz bilan yigit bir-birlariga ko’ngil qo’yishib, umrlarining oxirigacha birga bo’lishga ahdu-poymon qilishibdi. Shu orada yigit shaharga o’qishga bormoqchiligini, hamda honanda bo’lib elga xizmat qilish orzusi borligini qizga aytibdi. Qiz ham bunga rozi bo’libdi. Yigit sevgilim men o’qishni bitirib kelgach, biz albatta birga bo’lamiz, katta to’yi tomosha qilib turmush quramiz, biz baxtli bo’lamiz debdi. Qiz ham yigitning bu gaplariga ha deya javob beribdi. Yigit shaharga ketgandan so’ng, oradan bir muncha vaqt o’tib qizning uyiga ko’p joylardan sovchilar kela boshlabdi. Qiz kelgan sovchilarga rad javobini beribdi, lekin sovchilarning ichidan bir boy yigitga turmushga chiqishga rozilik beribdi. Taqdirning taqazosini qarangki, kuyovning otasi kelin bo’layotgan qizning ahdu paymon qilgan yigitinig yoniga borib, shu to’yga qo’shiq aytib berishi iltimos qilibdi. Yigit ham bo’lib o’tgan voqealardan bexabar xop bo’ladi xizmat qilib beraman deb rozi bo’libdi. To’y boshlanibdi, karnay-surnaylar chalinib, kelinni yor-yorlar sadosi ostida to’yxonaga olib kelishibdi. Shunda yigit ne ko’z bilan ko’rsinki, sevgan yori kelin bo’lib kirib kelayotgan emish. Qizning ko’zi ham yigitga tushibdiyu, nigohlar bir lahza qotib qolibdi. Yigitning ko’zi dunyo qorong’ulashgan tuyulib, ko’zlarida yosh ila shu qo’shiqni boshlabdi.

Kuylayurman nomus bilan or bilan,
Yurak to’la armon bilan zor bilan,
Zor titragan qo’limdagi tor bilan,
Kuyar bo’lsam kuydim ko’ngil ko’yida
O’zim hofiz sevgan yorim to’yida.

Ko’ngil ichra go’ya gavhar topgandim,
Topgunimcha ortidan zor chopgandim,
Yillar hijron azobini totgandim,
Shirin hislar qoldi anhor bo’yida,
O’zim hofiz sevgan yorim to’yida.

Oy yuz yor yig’latdin-ku zor-zor,
Bevafo oy yuz yor yig’latdin-ku zor-zor,
Aylab meni xor-xor dildor.

Dilim vayron, vayron ko’ngil koshonam,
Torim yig’lar, yig’lar sevgim nishonim,
Taqdir ekan na qilay sho’r peshonam,
Yolg’iz qolsam nahot hijron uyida
O’zim hofiz sevgan yorim to’yida.

Ko’ksim xanjar tilsa parvo qilmasdim,
Biz g’aribdan yor kechganin bilmasdim,
Bilganimda zar sochsalar kelmasdim,
Tillo uzuk yaltiraydi qo’lida
O’zim hofiz sevgan yorim to’yida.

Oy yuz yor yig’latdin-ku zor-zor,
Bevafo oy yuz yor yig’latdin-ku zor-zor,
Aylab meni xor-xor dildor.

Читать далее Скрыть описание
Еще