Botir Qodirov - Ey do’stim

8256170
28880
Информация о видео:
Артисты
Botir Qodirov
Перейти на страницу артиста
Текст: Botir Qodirov - Ey do’stim:

Ey do’stim, ey do’stim,
Davlating, imkoning bo’lsa,
Tulporing choparga maydoning bo’lsa,
Manziling ko’zlagan karvoning bo’lsa,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onangga yaxshilik qilg’il.

Zeb-ziynat ustunmas ota-onangdan,
Mol-davlat ustunmas ota-onangdan,
Hashamat ustunmas ota-onangdan,
Maishat ustunmas ota-onangdan,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onangga yaxshilik qilg’il.

Bugun qadah tutib turgan dilbarlar
Yiqilsang, bir kunda tashlab ketarlar,
Odam bo’lib ortga solgin bir nazar,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onangga yaxshilik qilg’il.

Oppoq sochlarida sabr beshigi,
Ajinlar qatori – jabr beshigi,
Biz ochib kirmasak mehr eshigin,
Qarsillatib yopsak qadr eshigin,
Ulgur ochilmasdan qabr eshigi,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onangga yaxshilik qilg’il.

Ey do’stim, ey do’stim,
Davlating, imkoning bo’lsa,
Tulporing choparga maydoning bo’lsa,
Manziling ko’zlagan karvoning bo’lsa,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onangga yaxshilik qilg’il.

Bu dunyo nimadir, bu dunyo – o’yin,
Bugun yutsak, erta yutkazish tayin,
Boshqa ishingni qo’y, ey Ahad Qayum,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onangga yaxshilik qilg’il.

Bor boyligu naqding shular emasmi?
Bor davlatu taxting shular emasmi?
Axir sening baxting shular emasmi?
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onangga yaxshilik qilg’il.

Ey do’stim, ey do’stim,
Davlating, imkoning bo’lsa,
Tulporing choparga maydoning bo’lsa,
Manziling ko’zlagan karvoning bo’lsa,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onangga yaxshilik qilg’il.

Читать далее Скрыть описание
Еще