Sanjar Usmonov - Ko’ngil uchun

132920
800
Информация о видео:
Артисты
Sanjar Usmonov
Перейти на страницу артиста
Текст: Sanjar Usmonov - Ko’ngil uchun:

Egar bo’lding egilmagan boshimizni,
Tandan bu jon ketmasmidi siz ketguncha?!
Aldamchi deb atamasam aslo sizni,
Qiz bolaning va’dalari bo’y yetguncha.
Ko’ngil uchun yig’lab turing to’y o’tguncha.

Bo’y yetgan qiz uchirma qush-uchar, ketar,
Bir kun suyib begonani quchar, ketar,
Erta ismim yodingizdan o’char, ketar,

Qiz bolaning va’dalari bo’y yetguncha,
Ko’ngil uchun yig’lab turing to’y o’tguncha.(2x)

Qizlar ko’ngli bahor bilan yoz o’rtasi,
Gohi alam, gohi araz noz o’rtasi.
Qum qo’rg’ondek omonat bu ishq o’rtasi,
Qiz bolaning va’dalari bo’y yetguncha,
Ko’ngil uchun yig’lab turing to’y o’tguncha.

Ayting, ayting to’ralarim kulmasinlar,
Tili uzun shum yangalar bilmasinlar,
Ko’cha-ko’yda meni ermak qilmasinlar,
Qiz bolaning va’dalari bo’y yetguncha,
Ko’ngil uchun yig’lab turing to’y o’tguncha.

Egar bo’lding egilmagan boshimizni,
Tandan bu jon ketmasmidi siz ketguncha?!
Bevafo deb atamasam aslo sizni,

Qiz bolaning va’dalari bo’y yetguncha.
Ko’ngil uchun yig’lab turing to’y o’tguncha.(2x)

Ko’ngil uchun…

Читать далее Скрыть описание
Еще