Sardor Bekmurodov - Bolaga kitob bering

93422
820
Информация о видео:
Артисты
Sardor Bekmurodov
Авторы текстов
Zulfiya Mo'minova
Аранжировщики
Aziz Xudoyqulov
Композиторы
Aziz Xudoyqulov
Перейти на страницу артиста
Текст: Sardor Bekmurodov - Bolaga kitob bering:

Osmonlarda yurganlar,
Oltin saroy qurganlar.
Ne beray deb turganlar,
Bolaga kitob bering.

Bola oqqush oq kabutar,
Dunyolardan behabar.
Yovuzlik topmay habar,
Bolaga kitob bering.(2x)

Avliyo zot nurlarin,
Yurakka sayrlarin.
Lison ut-tayirlarin,
Bolaga kitob bering.

Xazinai jahon u,
Kichik Abu Rayhon u.
Sizga qarab xayron u,
Bolaga kitob bering.

Qing’ir yo’lga kirmasdan,
Peshonaga urmasdan.
Kimdur xanjar bermasdan,
Bolaga kitob bering.

Ko’zi ochiq ko’rmasdan,
Shayton yo’ldan urmasdan.
Otadan yuz burmasdan,
Bolaga kitob bering.

Avliyo zot nurlarin,
Yurakka sayrlarin.
Lison ut-tayirlarin,
Bolaga kitob bering.

Xazinai jahon u,
Kichik Abu Rayhon u.
Sizga qarab hayron u,
Bolaga kitob bering.

Buxoriy sarvarim u,
Termiziy anvarim u.
Mahmud Zamaxshariy u,
Bolaga kitob bering.

Xazinai jahon u,
Kichik Abu Rayhon u.
Sizga qarab hayron u,
Bolaga kitob bering.

Keskir qilich bo’lsin u,
Kitobga o’ch bo’lsin u.
Yengilmas kuch bo’lsin u,
Bolaga kitob bering.

Navoiyni bilsin u,
Yoningizga kelsin u,
Baxtli bola bo’lsin u,
Bolaga kitob bering.

Avliyo zot nurlarin,
Yurakka sayrlarin.
Lison ut-tayirlarin,
Bolaga kitob bering.

Xazinai jahon u,
Kichik Abu Rayhon u.
Sizga qarab hayron u,
Bolaga kitob bering.
Bolaga kitob bering.

Читать далее Скрыть описание
Еще