Bahriddin Zuhriddinov - Qadr (concert 2017)

17439
178
Информация о видео:
Артисты
Bahriddin Zuhriddinov
Перейти на страницу артиста
Текст: Bahriddin Zuhriddinov - Qadr (concert 2017):

Qadriga yeting bo’lsa akangiz
Qo’lini tuting yo bo’lsa ukangiz
Bir kun qurisa mador tinkangiz
Begonalar tomon chopa olmaysiz
Ulardan boshqani topa olmaysiz

Boshingizda tuting mushfiq singlingiz
Ko’tarar shu qizcha bir kun ko’nglingiz
G’amli kun kelganida shuni bilingiz
Tashvishlar eshigin yopa olmaysiz
Ulardan boshqani topa olmaysiz

Agar yoningizda bo’lsa opangiz
Poyini emaklab suyib o’pingiz
Musibat chog’ida har yon chopingiz
Bozordan boshqa bir opa olmaysiz
Ulardan boshqani topa olmaysiz

Qadriga yeting aka-ukangiz
Qadriga yeting opa-singlingiz
Qadriga yeting oilangiz
Qadriga yeting bir-biringiz

Читать далее Скрыть описание
Еще