Sherxon - Musofirim

154446
3021
Информация о видео:
Артисты
Sherxon
Аранжировщики
Sherxon
Композиторы
Sherxon
Перейти на страницу артиста
Другие клипы Sherxon:
Текст: Sherxon - Musofirim:

Topganlari xirmon bo’lgin musofirim,
Bosgan izi ravon bo’lgin musofirim,
Yetti yotlar orasida yetim bo’lma,
Mushkullari oson bo’lgin musofirim.

Istanbulmi, Seuldami, Moskovdami,
Nyu Yorkdami, Dubaydami, Piskovdami,
Dunyo bo’ylab sochib qo’ydi ro’zg’or g’ami,
Jahon ichra jahon bo’lgin musofirim.
Dunyo bo’ylab sochib qo’ydi ro’zg’or g’ami,
Jahon ichra jahon bo’lgin musofirim.

Ketganingda otang qaddi toshdan edi,
Kuzatganda onang ko’zi ravshan edi,
Farzandlaring yuragini sog’inch yedi,
Ko’ray desa osmon bo’lgin musofirim.
Farzandlaring yuragini sog’inch yedi,
Ko’ray desa osmon bo’lgin musofirim.

Ishlarsan goh bolang uchun yutib zahar,
Bir kulbangni uy qilay deb qurib shahar,
Lek jigardan diydor qoldi ro’zi mahshar,
Baxshidasi Qur’on bo’lgin musofirim.
Lek jigardan diydor qoldi ro’zi mahshar,
Baxshidasi Qur’on bo’lgin musofirim.

Dasturxonlar boshida ko’p yodlanasan,
Mirzo qanday she’rlar bitsa shodlanasan,
She’r o’qimoq bo’lsam yo’lga otlanasan,
Oy borgin-u omon bo’lgin musofirim.
She’r o’qimoq bo’lsam yo’lga otlanasan,
Oy borgin-u omon bo’lgin musofirim.
Oy borgin-u omon bo’lgin musofirim.

Читать далее Скрыть описание
Еще