Elyor To'ychiyev - Ota

3071914
31745
Информация о видео:
Артисты
Elyor To'ychiyev
Режиссеры
Shuhrat Mavlonov
Перейти на страницу артиста
Текст: Elyor To'ychiyev - Ota:

Savlat to’kib yurgan uyimda,
Siyrati bor turgan bo’yimda,
Bir o’ynasin xursand to’yimda,
Otamni bir quchoqlab qo’yay.

Dunyo ishin bir chetga surib,
Borligida mehriga to’yay.
Hafa bo’lsa qo’yay kuldirib,
Otamni bir quchoqlab qo’yay.

Do’sti bo’lay, sirdoshi bo’lay,
U maqtansin men baxtga to’lay,
Xursand bo’lsa jilmayib kulay,
Otamni bir quchoqlab qo’yay.

Otama, otama,
Suyangan, tog’im,
Ishongan bog’im,
Otam.

Otama, otama,
Dablatim, boyligim,
Qiblagohim mani
Otama.

Baxtli inson bo’lib yashasin,
Sevinchlarga to’lib yashasin,
Yuragim-ey bir bor bo’shasin,
Otamni bir quchoqlab qo’yay.

Omonatu g’aflatda qolmay,
Ko’zlariga alamlar solmay,
So’kib bersa ham ko’nglimga olmay,
Otamni bir quchoqlab qo’yay.

Ish yurishmay qolganda,
Dushman ortdan kulganda,
Do’stlarim yo’qlamay qo’yganda,
Yolg’iz madadkorim otam.

Suyangan, tog’im,
Ishongan bog’im,
Davlatim, boyligim,
Qiblagohim otam.

Otama, otama,
Suyangan, tog’im,
Ishongan bog’im,
Otam.

Otama, otama,
Dablatim, boyligim,
Qiblagohim mani
Otama.

O’zi kiymasa ham bizni kiydirgan,
O’zi yemay, ichmay bizni to’ydirgan,
Bizni hech kimdan kam qilmay o’stirgan,
Otamni bir quchoqlab qo’yay.

Читать далее Скрыть описание
Еще