ГлавнаяElyor To'ychiyev Клипы Onamni ko'rgani boraman (new version)

Elyor To'ychiyev - Onamni ko’rgani boraman (new version)

17486122
91657
Информация о видео:
Артисты
Elyor To'ychiyev
Режиссеры
Shuhrat Mavlonov
Перейти на страницу артиста
Текст: Elyor To'ychiyev - Onamni ko’rgani boraman (new version):

Bozorga chiqibdi qulupnay,
Yetkazdi xudodan aylanay,
Ilinib-ilinib olvolay,
Onamni ko’rgani boraman.

Ishlarim yo’limni to’ssa ham,
Poyimda tikonlar o’ssa ham,
Bir dasta gul olib bo’lsa ham,
Onamni ko’rgani boraman.

Kelsam ham ikkita non bilan,
Bag’riga bosadi jon bilan.
Aytadi: “keldingmi, jon bolam?”,
Onamni ko’rgani boraman.

Onam, onam,
Onam, jon onam.
Onam, onam,
Oq bulutdek ko’ngli oppog’im onam.

Aytmayin bolamning g’amini,
Bildirmay ro’zg’orim kamini,
O’chirib yuragim shamini,
Onamni ko’rgani boraman.

Akamning yaxshisin oshiray,
Ukamning aybini yashiray.
Quvnatib, mehrini toshiray,
Onamni ko’rgani boraman.

Uy talash, mol talash qilmayin,
Unga ko’p, menga oz demayin,
Boshini og’ritib kelmayin,
Onamni ko’rgani boraman.

Erkalay, oymomom o’zimni,
Quvnatib turasiz ko’zimni.
Kuladi eshitib so’zimni,
Onamni ko’rgani boraman.

Hammadan go’zalsiz deb atay,
Soddagina ko’nglini yashnatay.
Kuldirib-kuldirib yayratay,
Onamni ko’rgani boraman.

O’shadir buyugim, davlatim,
Eng go’zal farzim-u sunnatim.
Oyog’im ostida Jannatim,
Onamni ko’rgani boraman.

Onam, onam,
Onam, jon onam.
Onam, onam,
Oq bulutdek ko’ngli oppog’im onam.

Читать далее Скрыть описание
Еще