Sevgining bozori ko’p,
Oshiqning ozori ko’p,
Va’dalari bir olam,
Yoziyu bahori ko’p.
O’ttizga qarab ketdi yosh,
Sevgidan aylanib bosh,
Parvosi yo’q bu akam,
O’zi ekanda yuvosh.
Achom-achom qilasiz,
Sochlarimni silaysiz,
Mani quchib o’zgaga,
Qoshni qoqib kulasiz.
Achom, achom, achom qilasiz,
Sochlarimni silaysiz,
Mani quchib o’zgaga,
Qoshni qoqib kulasiz.
Shu taqdirning toshlari,
Otildiku boshimga.
Pashsha ham uchib kelib,
Qo’ndi yegan oshimga.
Ko’zmunchog’im uzilib,
To’kilmasin toshlari.
Yuzlarimni sho’r qilmasin,
Moviy ko’zim yoshlari.
Achom-achom qilasiz,
Sochlarimni silaysiz,
Mani quchib o’zgaga,
Qoshni qoqib kulasiz.
Achom, achom, achom qilasiz,
Sochlarimni silaysiz,
Mani quchib o’zgaga,
Qoshni qoqib kulasiz.
Yoshlik o’zi qisqadir,
Ko’z yumguncha o’tadi.
Bitta mulla, bir tilla qand,
Shuni o’zi yetadi.
Chimildiqning devorini,
Mehr bilan quramiz.
Siz dadasi, man ayasi,
Bo’lib qachon yuramiz.
Achom-achom qilasiz,
Sochlarimni silaysiz,
Mani quchib o’zgaga,
Qoshni qoqib kulasiz.
Achom, achom, achom qilasiz,
Sochlarimni silaysiz,
Mani quchib o’zgaga,
Qoshni qoqib kulasiz.
Achom-achom qilasiz,
Sochlarimni silaysiz,
Mani quchib o’zgaga,
Qoshni qoqib kulasiz.
Achom, achom, achom qilasiz,
Sochlarimni silaysiz,
Mani quchib o’zgaga,
Qoshni qoqib kulasiz.
Mani quchib o’zgaga,
Qoshni qoqib kulasiz.