Shaxboz, Navruz - Mayli ket
Shaxboz, Navruz - Mayli ket

Shaxboz, Navruz - Mayli ket

1470
6
574
Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2019
Артисты
Shaxboz, Navruz
Перейти на страницу артиста
Текст: Shaxboz, Navruz - Mayli ket:

Ko’zlarim ochiladi tong saharda ertalab,
O’zim bilmasman qalbim nima qilar talab,
Hammasi joyida, lekin namdir kamli qilar,
Anglab yetsam sening mehringni o’rni bilinar.

Har tongda ahir qilarding qo’ng’iroq,
Hayrli tong tilarding bugun esa yo’q biroq,
Yana osha ovozni hozir tinglagim kelar,
Endi shirin ovoz ozga insonni erkalar.

Bugun mendan voz kechgansan buni aniq bilaman,
Xohlasamda negadir yana sog’inaman,
Nega buncha bog’landim nafratdaman o’zimdan,
Ketgan bo’lsang, olib ket o’zingni yuragimdan,
Arzimagan narsa bo’ldi sabab,
Shu kungacha yolg’onlaringa keldim chidab,
Tasavvur etolmasman san o’zgani bag’rida,
Bugun his etdim ojizligim taqdir oldida.

Mayli ket,
Lekin keyinchalik afsuslanma,
Hayotingda armonga duch kelma,
Vaqtlar o’tgandan so’ng afsuslanma,
Kech bo’lganda aslo qaytib kelma.

Sevgimiz cho’zilmadi qisqa ekanda umri,
Hayotimda eng yomon kunlarimdan biri,
Yodimdan hech ham ketmas, hech ham o’chirib bo’lmas,
Qancha harakat qilsam ham ko’z oldimdan hech ham ketmas.
O’z ko’zlarim bilan ko’rdim san o’zgani bag’rida,
Shunda angladim ojizligim taqdir oldida,
Orzular barbod bo’ldi,
Ko’zlarim qonga to’ldi,
Bu manzara xayolimni bir umr qamrab oldi.

Yoqimli ovozing hamon qulog’imda jaranglar,
Nahotki ushbu ovoz endi o’zgani erkalar,
Axir manga atalgan edi barcha shirin so’zlar,
Bugun esa o’zgaga mehr ila boqar ko’zlar.

Yo’limga ko’z tikarding hammadan qizg’onib,
Bugun esa ketding hayotimdan mazmunni olib,
Baxtingga yetganing bilib bo’laman hotirjam,
Hayot yo’lingda qiynamasin aslo dard-alam.

Afsus o’zgani afzal bilib u ketdi,
Hayotimdagi mazmunni ham olib ketdi,
Bugun sog’inchim g’ururdan keldi ustunroq,
Qalbingni bilmas edim afsuski oldinroq.

Afsus o’zgani afzal bilib u ketdi,
Hayotimdagi mazmunni ham olib ketdi,
Bugun sog’inchim g’ururdan keldi ustunroq,
Qalbingni bilmas edim afsuski oldinroq.

Mayli ket,
Lekin keyinchalik afsuslanma,
Hayotingda armonga duch kelma,
Vaqtlar o’tgandan so’ng afsuslanma,
Kech bo’lganda aslo qaytib kelma.

Lekin keyinchalik afsuslanma,
Hayotingda armonga duch kelma,
Vaqtlar o’tgandan so’ng afsuslanma,
Kech bo’lganda aslo qaytib kelma…

Читать далее Скрыть описание
Еще