Qanday go’zal edi, o’sha baxtli kunlar,
Sen yonimda eding go’zal edi tuyg’ular,
Nozik qo’llaringni erkalasam uyalib o’zingni olib qochar eding,
Yuzingda shirin kulgular,
Bugun esa bizni ayirmoqda,
Arzimagan sabablar, arzimagan mavzular,
Qani o’sha tuyg’ular?
Ming afsus, yakun topdimi ular?
Munosabatimizda bugun endi sovuqlik,
Bir-birimizga nisbatan yo’q iliqlik,
Amallab, bir nima qilib sevgimiz muzlatding,
Axir sen juda ham shu kun kelishing kutganding.
Mana bugun sevgimiz bo’ldi endi nihoya,
Men uchun faqatgina mehring edi kifoya,
Kimlar uchun, nima uchun sen meni tark etding?
Nega unda o’zingga bunchalar o’rgatding?
Ko’rib tursak ham bir-birimizni begonadekmiz,
Sog’ingan bo’lsak ham begonadekmiz,
Ayt, ayt, nega-nega begonadekmiz.
Tanimagandekmiz.
Axir shunchalar yaqin oq-u qoradekmiz,
Bo’lingan yuraklar tilka poradekmiz,
Yonma-yon lekin uzoq ora-oradekmiz,
Begonadekmiz.
Sevgi kul bo’lib yondi,
Alam dilga to’ldi,
Mensizlikka nahot yuraging,
Shunchalar ham tez ko’ndi.
Sevgi kul bo’lib yondi,
Alam dilga to’ldi,
Mensizlikka nahot yuraging,
Shunchalar ham tez ko’ndi.
So’nggi xatlarimga kelmadi hatto bir javob,
Yuragim borgan sari chekar edi ming azob,
Bilib turib shunchaki chetdan kuzatib turasan,
Beparvoliging hammaga ko’z-ko’z qilasan.
Negadir men tomonga bosging kelmaydi qadam,
Undan ko’ra unutishni o’rgan, ber yordam,
Axir o’zing meni hammadan qizg’onar eding,
Hayotimdagi bitta yaqinim eding.
Ko’rib tursak ham bir-birimizni begonadekmiz,
Sog’ingan bo’lsak ham begonadekmiz,
Ayt, ayt, nega-nega begonadekmiz.
Tanimagandekmiz.
Axir shunchalar yaqin oq-u qoradekmiz,
Bo’lingan yuraklar tilka poradekmiz,
Yonma-yon lekin uzoq ora-oradekmiz,
Begonadekmiz.
Sevgi kul bo’lib yondi,
Alam dilga to’ldi,
Mensizlikka nahot yuraging,
Shunchalar ham tez ko’ndi.
Sevgi kul bo’lib yondi,
Alam dilga to’ldi,
Mensizlikka nahot yuraging,
Shunchalar ham tez ko’ndi.