Shaxboz, Navruz - Arzon sevgi
Shaxboz, Navruz - Arzon sevgi

Shaxboz, Navruz - Arzon sevgi

2370
5
768
Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2018
Артисты
Shaxboz, Navruz
Перейти на страницу артиста
Текст: Shaxboz, Navruz - Arzon sevgi:

Tunu bo’yi bitta savol uxlatmadi tongacha,
Sabrim yetib bormadi o’ylayverib javobgacha
Yorim ko’ngli bo’lganmikan oz bo’lsa ham zarracha,
Yo yolg’onmidi so’zlari ishondim shu kungacha.

Menga bergan va’dalari bitta-bitta yodimda,
Qay ahvolda bo’lsam bo’larman degandi yonimda,
Endi sevgi parchalanib ketmoqda ko’z oldimda,
Neqilarim bilmay hech narsa kelmadi qo’limdan.

Sevgi deganlari birdan yo’q bo’larmu?
Yoki qiymati shuncha arzon bo’larmu?
Sevishganlar bir biridan tez to’yarmu?
Yor degani shunchalar oson kecharmu?

Sevgi deganlari birdan yo’q bo’larmu?
Yoki qiymati shuncha arzon bo’larmu?
Sevishganlar bir biridan tez to’yarmu?
Yor degani shunchalar oson kecharmu?

Kechagina kulib turib yurgan edi mehribon,
Bugun esa zarracha mehr qolmadi men tomon,
Barcha ayb menda bo’lsa mayli bo’lay men yomon,
Hech bo’lmasa xayrlashib ket dep qo’yay bo’l omon.

Shuncha maktublar yozdim lek bitta ham yo’q javobi,
Bunchalar og’ir bo’lmasa bevafo yor azobi,
Nur sochar ekanmi yo’llarimga sevgi oftobi,
Yuragimni ezar tinmay savollarning girdobi.

Sevgi deganlari birdan yo’q bo’larmu?
Yoki qiymati shuncha arzon bo’larmu?
Sevishganlar bir biridan tez to’yarmu?
Yor degani shunchalar oson kecharmu?

Sevgi deganlari birdan yo’q bo’larmu?
Yoki qiymati shuncha arzon bo’larmu?
Sevishganlar bir biridan tez to’yarmu?
Yor degani shunchalar oson kecharmu?

Читать далее Скрыть описание
Еще