Nilufar Karimova - Armon bo’ldi
Nilufar Karimova - Armon bo’ldi

Nilufar Karimova - Armon bo’ldi

656
3
138
Информация о песне:
Дата выпуска
28.09.2020
Артисты
Nilufar Karimova
Перейти на страницу артиста
Текст: Nilufar Karimova - Armon bo’ldi:

Otalarni ko’rsam mehr so’rar ko’nglim,
Har onimda ko’zimda nam ko’rar ko’nglim,
Ham do’stim-u, ham dardkashim bo’lar ko’nglim,
Otam sizni yo’qotganim armon bo’ldi, armon bo’ldi.
Armon bo’ldi, armon bo’ldi.

Kimlar menga sizdan ulug’ mehmon bo’ldi,
Tuzim totganlarga qadrim arzon bo’ldi,
Kimlar menga sizdan ulug’ mehmon bo’ldi,
Tuzim totganlarga qadrim arzon bo’ldi,

Hayotimning bahorlari gullaganda,
Otam sizni yo’qotganim armon bo’ldi.
Armon bo’ldi.
Armon bo’ldi, armon bo’ldi.

Yil o’tsada lekin sizsiz qaytar bahor,
Sog’inchlarim ko’nglimga berar ozor,
Ko’klam emas yuragimga yog’adi qor,
Otam sizni yo’qotganim armon bo’ldi.
Armon bo’ldi, armon bo’ldi, armon bo’ldi.

Armon bo’ldi.

Otam sizni yo’qotganim armon bo’ldi.
Armon bo’ldi, armon bo’ldi.

Otajonim armon bo’ldi…

Читать далее Скрыть описание
Еще