Dunyo asli besh kun unda sinov bor,
Gohida do’st, gohi dushman birov bor,
Misli sochga qo’nar oppoq qirov bor,
Xarom yo’lda halollarga kulmagin.
Gullar unib tursa o’ngu so’lingdan,
Adashma do’st bosgan har bir yo’lingdan,
Omad ketar bo’lsa agar qo’lingdan,
Ko’kka boqib dod-u fig’on solmagin.
Do’st, do’st, do’st,
Xarom yo’lda halollarga kulmagin.
Do’st, do’st, do’st,
Xudo bergan baxtni uvol qilmagin.
Ko’zingni och boqib ko’r bu dunyoga,
Aldanma qo’y bu havas dunyoga,
Uchib ketar bo’lsang afsus zinoga,
Uni sira lazzat deya bilmagin.
O’zingni yig’ o’zligini tut o’g’lon,
Seni qadding tetik baland tut o’g’lon,
Halol omad so’rab uni kut o’g’lon,
Halol kelsa, xarom qo’lin tutmagin.
Do’st, do’st, do’st,
Xarom yo’lda halollarga kulmagin.
Do’st, do’st, do’st,
Xudo bergan baxtni uvol qilmagin.
Qadam bosib ishrat kayf-u safoga,
Uchma shayton chalgan yolg’on sadoga,
Iymoningni sotib bitta xatoga,
Vijdon birla yurak bag’ring tilmagin.
Shuncha sinov to’siqlarni ko’rding do’st,
Bosh devorga tegib qattiq urding do’st,
Ona ulug’ zot oxir bilding do’st,
Undan o’zga insondan baxt kutmagin.
Do’st, do’st, do’st,
Vijdon birla yurak bag’ring tilmagin.
Do’st do’st do’st,
Xudo bergan baxtni uvol qilmagin.