Yo'ldoshbek Jumaniyozov - Otam, Onam

Yo'ldoshbek Jumaniyozov - Otam, Onam

217
1
187

Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2020
Артисты
Yo'ldoshbek Jumaniyozov
Перейти на страницу артиста
Текст: Yo'ldoshbek Jumaniyozov - Otam, Onam:

Olislarda yursam kelishim kutgan,
Sog’inib bildirmay alamlar yutgan,
Bolam deb hattoki o’zin unutgan,
Meni sizni sog’indim savlatim otam,
Men sizni sog’indim jannatim onam.

Chorasiz qolganda sizga suyanay,
G’amlarga botganda sizga suyanay,
Yashashni aslida sizdan o’rganay,
Meni sizni sog’indim savlatim otam,
Men sizni sog’indim jannatim onam.

Qaytarman tez kunda oz qoldi mana,
Sog’inib o’g’lingiz she’r yozdi mana,
Borganimda to’ylar qilasiz ona,
Meni sizni sog’indim savlatim otam,
Men sizni sog’indim jannatim onam.

Har kun olisdan holim so’raysiz,
Kechalar hayolda meni o’ylaysiz,
Tonglari duoda baxtim tilaysiz,
Sizlarni sog’indim savlatim otam,
Sizlarni sog’indim jannatim onam.

Sizlarni o’ylayman o’zga yurtlarda,
Ko’zimdan alamli yoshlar oqqanda,
Erkalab qo’ying bir uyga qaytganda,
Sizlarni sog’indim savlatim otam,
Sizlarni sog’indim jannatim onam.

Olislarda yursam kelishim kutgan,
Sog’inib bildirmay alamlar yutgan,
Bolam deb hattoki o’zin unutgan,
Meni sizni sog’indim savlatim otam,
Men sizni sog’indim jannatim onam.

Читать далее Скрыть описание
Еще