Siroj Boom - Vaqti keladi
Siroj Boom - Vaqti keladi

Siroj Boom - Vaqti keladi

40
0
22

Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Siroj Boom
Перейти на страницу артиста
Текст: Siroj Boom - Vaqti keladi:

Afsus o’sha kungi yolg’on
Yuragim ezar yomon,
Lek negadir sen ila yuragim sarson,
Qarorim qat’iy, unutishim begumon.

Vaqti-vaqti keladi,
Yolg’onlaring afsuslarga ko’madi,
Oz vaqt o’tmay yuragim sensizlikka ko’nadi,
Albatta bir kun kelib sen ila mehrim so’nadi.

Hali vaqti-vaqti keladi,
Yolg’onlaring afsuslarga ko’madi,
Oz vaqt o’tmay yuragim sensizlikka ko’nadi,
Albatta bir kun kelib sen ila mehrim so’nadi.

Men sizni deya barcha narsadan kechdim,
Sizni sevaman deya qasamlar ham ichdim,
Bu so’zlaring ekan ajoyib, bil yolg’on,
Ko’z oldimda aniq bo’ldi, barchasi aniq, ayon.

Necha bora aldading, necha bora yolg’on so’zlab,
Tong sahardan gaplashardik xayrli tonglar tilab.
Ortiq bu yolg’onlaringga ishonolmasman,
Kulib turib yolg’on so’zlashlaring hech ham unutolmasman.

Hali vaqti-vaqti keladi,
Yolg’onlaring afsuslarga ko’madi,
Oz vaqt o’tmay yuragim sensizlikka ko’nadi,
Albatta bir kun kelib sen ila mehrim so’nadi.

Ayt, qaysi gunohim uchun aldading?
Tag’in uyalmasdan yolg’onlaring so’zlading,
Seni o’ylagan kunlar ham bo’lmoqda yo’q emas,
Yolg’oning eslasam seni eslagim kelmas,
Yolg’onlaring shu kungacha keldi davom etib,
Endi esa ketarsan orzularingga yetib,
Yolg’on so’zlama deya aytardim senga ming bor,
Sen esa so’zlarimni afsuski, qilding inkor.
Yurakdan o’charsan, baxtingga yetarsan,
Qarab tur hali bir kun afsuslar chekarsan,
Armonli so’zlarimni qo’shiq ila yoritdim,
O’tmishdagi kunlarni bir umrga unutdim.

Sen-la o’tgan paytlardan tun o’tishin bilmasdim,
Vaqti kelib yolg’on so’zlashing sezmasdim.
So’nggi bora senga qilganimda qo’ng’iroq,
Yolg’onlaring so’zlading yanada ko’proq.

Lek yolg’onlaring uzoqqa bormadi biroq,
Aldaganing oqibatiga uzoqlashdik yanada yiroq,
Menga bo’lgan mehring ekan bildim sohtalik,
Sen-ila o’tgan shirin damlar bo’lib qoldi esdalik.

Hali vaqti-vaqti keladi,
Yolg’onlaring afsuslarga ko’madi,
Oz vaqt o’tmay yuragim sensizlikka ko’nadi,
Albatta bir kun kelib sen ila mehrim so’nadi.

Hali vaqti-vaqti keladi,
Yolg’onlaring afsuslarga ko’madi,
Oz vaqt o’tmay yuragim sensizlikka ko’nadi,
Albatta bir kun kelib sen ila mehrim so’nadi.

O’tmishdagi kunlarni bir umrga unutdim…

Читать далее Скрыть описание
Еще