Osmonimni tark ayladi oqqushlarim,
Bugun senga balki so‘nggi boqishlarim.
Bag‘ringga bos, tingla ko‘ngil honishlarim,
Alvido der, alvido der suygan yurak,
Bir bevafo jafosidan kuygan yurak.
Og‘ir ekan, xiyonatning qiynoqlari,
Yolg‘on ekan lablaringni firoqlari.
Yomon ekan ko‘z yoshlaring so‘roqlari,
Alvido der, alvido der, suygan yurak,
Bir bevafo jafosidan kuygan yurak.
Baxtim mani, yo‘qotilgan baxtim mani,
Yashamoqqa, tugamoqda shaxdim mani.
Bu mayin o‘lganimmidi ahding sani,
Alvido der, alvido der, suygan yurak,
Bir bevafo jafosidan kuygan yurak.
Seni o‘ylar, Ahadingmi, yonar endi,
Sen uchragan barcha yo‘ldan tonar endi,
Nima qilsin yolg‘izlikka ko‘nar endi,
Alvido der, alvido der, suygan yurak,
Bir bevafo jafosidan kuygan yurak.
Bir bevafo jafosidan kuygan yurak.