Muhabbat Sultonova - Yurak

Muhabbat Sultonova - Yurak

952
0
266
Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Muhabbat Sultonova
Перейти на страницу артиста
Текст: Muhabbat Sultonova - Yurak:

Yurakdan ismingni o’chirding, ketding,
Sog’inchlar maskani qiroli eding,
So’zlarim bor edi tinglamay ketding,
So’zlaring yolg’onmu bevafo yorim.

Tanholik qiynaydi lek u sezmaydi,
Ismingni so’raydi necha bor kelmaydi.
Bu dunyo ma’nosiz tuyular har kuni,
So’zlaring yolg’onmu bevafo yorim.

Yurak, yurak, yurak sen deb urib bo’ldi,
Hayot, orzu, tilaklarim sarob bo’ldi.
Aytgin nega meni buncha qiynaysan?
Sensiz tanho qolgan sevgim ado qildi.

Yuragim zor etib ketganingda,
So’zlarim tinglamay ketganingda,
Kim deya aytayin ta’rifingni?
Ko’zlari qaroyim unutdingmi?

Sog’inmay, o’ylamay hech bo’lmaydi,
Sevgidan hech qachon kechib bo’lmaydi,
Balolar kelganda asragan sevgim,
Bugun bir chetda zor yig’laydi.

Sog’inib yana ko’zlarim yo’lda,
Intizor yurak o’ngda yo so’lda,
Kezaman hanuz topolmayman ham,
O’tmish qiynaydi sog’inganimda.

Xayol bag’rida izlaydi ko’zlar,
Nelar qilmadim yetmadi so’zlar,
Taslim bo’laymi aqlim ham hayron,
Yolg’izlik meni qildiku vayron.

Yurak, yurak, yurak sen deb urib bo’ldi,
Hayot, orzu, tilaklarim sarob bo’ldi.
Aytgin nega meni buncha qiynaysan?
Sensiz tanho qolgan sevgim ado qildi.

Читать далее Скрыть описание
Еще