Ko’z oldimdan o’chiray qanday
Xusn-u malohatingni.
Xayolimdan uchiray gulday xushbo’y tarovatingni.
Ketmoqchisan yiroq,
Ketsang qiynar firoq,
Davosi men jarohatingni.
Sevgi bozor etilganmi?
Kutmaganmi, kutilganmi?
Ikkimizga ayriliq,
Ayriliq bitilganmi?
Hijron dilga qadalganmi?
Sen o’zgaga atalganmi?
Ikkimizning peshonamizga,
Ayriliq bitilganmi?
Borar yurak ezilib,
Umidlarim uzilib,
Sog’inganim sezilib
Tafting, tarovatingni.
Seni ko’p qiynadimmi?
Yo qadring bilmadimmi?
O’zimni o’yladimmi?
O’g’irlab halovatingni.
Ketmoqchisan yiroq,
Ketsang qiynar firoq,
Davosi men jarohatingni.
Sevgi bozor etilganmi?
Kutmaganmi, kutilganmi?
Ikkimizning peshonamizga,
Ayriliq bitilganmi?
Hijron dilga qadalganmi?
Sen o’zgaga atalganmi?
Ikkimizning peshonamizga,
Ayriliq bitilganmi?
Sevgi bozor etilganmi?
Kutmaganmi, kutilganmi?
Ikkimizga ayriliq,
Ayriliq bitilganmi?
Hijron dilga qadalganmi?
Sen o’zgaga atalganmi?
Ikkimizning peshonamizga,
Ayriliq bitilganmi?