Armon bo’lib ketar yorim,
Bu taqdirga berdim tan.
San oq libosda, qo’lda torim,
Yor-yor aytib qoldim man.
Armon bo’lib ketar yorim,
Bu taqdirga berdim tan.
San oq libosda, qo’lda torim,
Yor-yor aytib qoldim man.
Endi aytay qaysi kuyni?
Yoki faqat yor-yormi?
To’xtataymi balki to’yni,
Boshim ko’rsa ham dorni.
Senga baxtim boylagandim,
Nahot ishonmading san.
Bir umr deb o’ylagandim,
Yor-yor aytib qoldim man.
Armon bo’lib ketar yorim,
Bu taqdirga berdim tan.
San oq libosda, qo’lda torim,
Yor-yor aytib qoldim man.
Armon bo’lib ketar yorim,
Bu taqdirga berdim tan.
San oq libosda, qo’lda torim,
Yor-yor aytib qoldim man.
Netay umr bo’yi yodda,
Qoldi faqat yor-yorlar.
Sevgi yakuni odatda,
Qalbga berar ozorlar.
Bas, yig’lama, endi yorim,
Meni ham qiynamasdan.
Jaranglanar qo’lda torim,
Ketsin u yig’lmasdan.
Netay umr bo’yi yodda,
Qoldi faqat yor-yorlar.
Sevgi yakuni odatda,
Qalbga berar ozorlar.
Bas, yig’lama, endi yorim,
Meni ham qiynamasdan.
Jaranglanar qo’lda torim,
Ketsin u yig’lmasdan.
Armon bo’lib ketar yorim,
Bu taqdirga berdim tan.
San oq libosda, qo’lda torim,
Yor-yor aytib qoldim man.
Armon bo’lib ketar yorim,
Bu taqdirga berdim tan.
San oq libosda, qo’lda torim,
Yor-yor aytib qoldim man.
Bugun o’zga visolingga yetadi,
Endi armon bo’lar menga diydoring.
Qismatimga shunday o’lim bitadi,
O’lgunimcha qiynar meni yor-yoring.
Bugun o’zga visolingga yetadi,
Endi armon bo’lar menga diydoring.
Qismatimga shunday o’lim bitadi,
O’lgunimcha qiynar meni yor-yoring.
Armon bo’lib ketar yorim,
Bu taqdirga berdim tan.
San oq libosda, qo’lda torim,
Yor-yor aytib qoldim man.
Armon bo’lib ketar yorim,
Bu taqdirga berdim tan.
San oq libosda, qo’lda torim,
Yor-yor aytib qoldim man.
Endi aytay qaysi kuyni?…