Jahongirshox Karimov - Bo’ydoq yigitlar
Jahongirshox Karimov - Bo’ydoq yigitlar

Jahongirshox Karimov - Bo’ydoq yigitlar

1730
1
304
Информация о песне:
Дата выпуска
01.01.2019
Артисты
Jahongirshox Karimov
Перейти на страницу артиста
Текст: Jahongirshox Karimov - Bo’ydoq yigitlar:

Qiz uchrasa gaplar otar,
O’spirin, bo’ydoq yigitlar.
Shirin-shirin, shirin-shirin o’y suradi,
Yakka-yolg’iz toq yigitlar.

Telefoni tushmas qo’ldan,
Go’zallarni urar yo’ldan.
Uxlashmaydi kechalar ham,
Uxlashmaydi kechalar ham,
Bedor, uyg’oq yigitlar.
O’spirin, bo’ydoq yigitlar.

Xizmat buyursa onasi,
Tayyor turar bahonasi,
Xizmat buyursa dadasi,
Tayyor turar bahonasi.

To’yga desa tashlar tomdan,
Diydorga mushtoq yigitlar.
O’spirin, bo’ydoq yigitlar.

To’yga desa tashlar tomdan,
Diydorga mushtoq yigitlar.
O’spirin, bo’ydoq yigitlar.

Suluvlarda fikri yodi,
«SMS» da iste’dodi,
Internetdan izlashar yor,
Shaddod-u sho’xroq yigitlar,
O’spirin, bo’ydoq yigitlar.

Oqshom chog’ pana-panada,
Bog’lar gavjumdir yanada.
Oqshom chog’ pana-panada,
Bog’lar gavjumdir yanada.

Pichirlashar yorga sirin,
Visolga chanqoq yigitlar,
O’spirin, bo’ydoq yigitlar.
Pichirlashar yorga sirin,
Visolga chanqoq yigitlar,
O’spirin, bo’ydoq yigitlar.

Chiqmasa sevgan oylari,
Ochilmas hech chiroylari,
Chiqmasa sevgan qizlari,
Ochilmaydi chehralari,
Parizodlar asiridir,
Soddayu quvnoq yigitlar,
O’spirin, bo’ydoq yigitlar.

Jahongir baxt tilar sizga,
Gul poyondoz izingizga,
Uylaning eng asal qizga,
Qalblari qaynoq yigitlar,
O’spirin, bo’ydoq yigitlar.
Uylaning eng asal qizga,
Qalblari qaynoq yigitlar,
O’spirin, bo’ydoq yigitlar.

Qiz uchrasa gaplar otar,
O’spirin, bo’ydoq yigitlar.
Shirin-shirin, shirin-shirin o’y suradi,
Yakka-yolg’iz toq yigitlar.
Yakka-yolg’iz toq yigitlar.

Читать далее Скрыть описание
Еще