Senga bo’lgan bu sevgim,
Ko’ksimdan yulib tashlasam gar.
Bilmasdim azob neligini,
Sendan uzoqlarda yashay olsam.
Sen buni bilmaysan,
Azoblab qiynaysan,
O’zgaga bag’ishlaysan mehringni.
Meni o’ylamaysan,
Parvo ham qilmaysan,
Sensizlikka qanday ko’nikaman endi?
Seni buni bilmaysan.
Meni o’ylamaysan.
Har safar o’tarsan yonimdan,
Go’yoki meni tanimaysan.
O’zga yoring bag’rida quvonib,
Yana ortingga kulib qaraysan.
Seni o’zganing bag’rida ko’rgandan,
Qaniydi ko’zlarim ko’r bo’lsa.
Begona bo’ldim senga birdan,
Nega mendan voz kechib ketyapsan?
Sen buni bilmaysan,
Azoblab qiynaysan,
O’zgaga bag’ishlaysan mehringni.
Meni o’ylamaysan,
Parvo ham qilmaysan,
Sensizlikka qanday ko’nikaman endi?
Seni buni bilmaysan.
Meni o’ylamaysan.
Balkim bu mening xatoyim,
Seni jondan ortiq sevganim.
Endi esa yolg’iz suyganim,
Meni begonalar qilib ketsa,
Ketsa, ketsa, ketsa,
Ketsa, ketsa…