Aka-uka Farhodovlar - Shifokor

Aka-uka Farhodovlar - Shifokor

47
0
15

Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Aka-uka Farhodovlar
Перейти на страницу артиста
Текст: Aka-uka Farhodovlar - Shifokor:

Bemorning oldida,
Tun bo’yi qoldida,
Xolidan bo’lgancha xabardor
Shifo har so’zida,
Toliqqan ko’zida,
Siz bilgan, bilmagan shifokor.

Havoda, yo’ldami,
Dengizu, cho’ldami,
Dardlarni aritay deb bedor.
Yoniga kelishga,
Va yordam berishga,
Bemorni ko’rdimi u tayyor.
Insonning hayoti,
Qayrilmay qanoti,
Bardavom bo’lsin deb umidvor.
Allohdan so’raylik,
Davoni qo’llaydi,
Siz bilgan, bilmagan shifokor.
Siz bilgan, bilmagan shifokor.

Hayoti agarda bo’lsa ham xatarda,
Hamisha u sodiq, vafodor.
Sog’likning posboni,
Yetgancha imkoni,
Ko’makka shoshguvchi najotkor.

Dardlarni yenguvchi,
O’zidan kechguvchi,
Qanchalar ulug’vor, hokisor.
Ta’zimda xalqimiz,
Siz bunga haqlisiz.
Eng yuksak e’zozga sazovor.

Dardlarni yenguvchi,
O’zidan kechguvchi,
Qanchalar ulug’vor, hokisor.
Ta’zimda xalqimiz,
Siz bunga haqlisiz.
Eng yuksak e’zozga sazovor.
Siz bilgan, bilmagan shifokor.
Siz bilgan, bilmagan shifokor.
Xalqim e’zozlagan shifokor.

Читать далее Скрыть описание
Еще