Sardor & Firdavs - Ketaver endi
Sardor & Firdavs - Ketaver endi

Sardor & Firdavs - Ketaver endi

43
1
22

Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Sardor & Firdavs
Перейти на страницу артиста
Текст: Sardor & Firdavs - Ketaver endi:

Ketaver endi ortingga qaramay,
Ketaver endi holimni so’ramay,
Ketaver endi kechirim so’ramay,
Ketaver endi o’tmishni izlamay.

Ko’zlarim oldida yana o’sha tanish visol,
O’tmishni eslatadi bevafo sohibjamol,
So’zlarim tinglagin agar kelmasa malol,
Seni kutdim uzoq, lek bir bor kelganing yo’q.

Yuragim qiynayverib meni qildiku ado,
Qaytarmikan deya endi o’sha bevafo.
Nega kelding endi yurakka berib jazo,
Endi sevgi yo’q, javoblarim juda ko’p.

Ma’nosiz tunlarim aybdori kim?
Qara ko’zyoshlarim aybdori kim?
So’nib bo’lgan sevgim aybdori kim?
Aytgin kim?

Ketaver endi ortingga qaramay,
Ketaver endi holimni so’ramay,
Ketaver endi kechirim so’ramay,
Ketaver endi o’tmishni izlamay.

Ketaver endi ortingga qaramay,
Ketaver endi holimni so’ramay,
Ketaver endi kechirim so’ramay,
Ketaver endi o’tmishni izlamay.

Holimga qo’y meni sendan so’nggi iltimos,
Unutib bo’lganman seni vaqtlar o’tib biroz,
Azob bergan damlarni eslatma menga biroz
Seni ko’rgim yo’q, endi sendan ko’nglim to’q.

Seni kutib yashadim azoblar bilan uzoq,
Bir bor eslamading hatto qilmay qo’ng’iroq,
Vaqtlar o’tib qiynalib seni unutdim biroq,
Endi keraging yo’q, oramizda sevgi yo’q.

Yoningda turgan o’sha begonalar kim?
Qizil gullar bergan begonalar kim?
Yuragingni bergan begonalar kim?
Bo’ldi jim.

Ketaver endi ortingga qaramay,
Ketaver endi holimni so’ramay,
Ketaver endi kechirim so’ramay,
Ketaver endi o’tmishni izlamay.

Ketaver endi ortingga qaramay,
Ketaver endi holimni so’ramay,
Ketaver endi kechirim so’ramay,
Ketaver endi o’tmishni izlamay.

Читать далее Скрыть описание
Еще