Ko’zlarim ko’zlaringga tikilgan chog’larda,
Lolalar ochiladi gulgun bog’larda,
Beparvolar bo’larsan nechun sen menga,
Sen yiroqda menchi boshqa yoqlarda.
Sochlaringdan rayhon isi taralar,
Ozor berma yuragimni yaralab,
Ishonmadim sendan o’zga go’zalga,
Oldim seni ichlaridan saralab.