Tingla so’zim ko’zlari shahlo,
O’ynama tuyg’ularim,
Dona-dona xatolarim sanab.
Mani qilib bo’lding ado.
Bu nozik ko’ngling nelar istaydi?
Qani o’zing ayt, ayt.
Qaysarliklar qilib sabrim sinama.
Rashkim keltirib yuzing burib kulma,
Iforingga mast-u mastona qilib,
Mani ishqingda telba qilma.
Yuuuur, yoronim bo’l, yonimda qol,
Bo’lgin azizam.
Yuuuur, baxtli etay, olib ketay,
Sani yolg’izim.
Yur.
Yo’q, bu aslo o’tkinchi tuyg’umas,
Go’zalsan ko’zlaringga ko’zlarim to’ymas.
Yetar, endi arazing qilgin bas,
Bilasanku jonim, sansiz bir kunim o’tmas.
Axir shu yuragim egasi o’zing,
Bemor oshiq ko’nglimning da’vosi o’zing,
Mansiz yasholmasliging bilasan o’zing,
Bilasan ammo nega aytolmaysan shirin so’zing?
Yuuuur, yoronim bo’l, yonimda qol,
Bo’lgin azizam.
Yuuuur, baxtli etay, olib ketay,
Sani yolg’izim.
Yur.