Soddaginam meni, soddadilginam,
Dardlaringizni men bilardim qaydan?
Yigirma yettiga kirgan bolaman,
Lek bir bor so’rmadim, ko’nglizda nima.
Ko’nglingiz nimani tusaydi ona?
Mengamas o’zingga ol, bolam deysiz,
Meni qornim to’q, o’zing ye bolam deysiz,
Qachongacha bizni g’amimiz yeysiz?
O’ylasam bir noshud bolaman, bola,
Ayting nima yegiz kelyapti ona?
Onam, onam, onam,
Onajonim onam.
Onam, onam, onam,
Mehribonim onam.
Onam, onam, onam,
Onajonim onam.
Onam, onam, onam,
Mehribonim onam.
Yuring aylanamiz, shahar kezamiz,
Tashvishni bir kunga tashlab ketamiz,
Faqat ona-bola birga yuramiz,
Ko’zimni mol-dunyo qilibdi balo,
Qayerga borgingiz kelyapti ona?
Eslaysizmi sizni to’yib quchganim,
Suhbatingiz qilib choylar ichganim,
Eslolman so’nggi bor shunday qilganim,
Kechiring bariga tayyorman, mana,
Ne qilay siz uchun buyuring ona.
Onam, onam, onam,
Onajonim onam.
Onam, onam, onam,
Mehribonim onam.
Onam, onam, onam,
Onajonim onam.
Onam, onam, onam,
Mehribonim onam.