Dilxumor Esirgapova - O’zbegim
Dilxumor Esirgapova - O’zbegim

Dilxumor Esirgapova - O’zbegim

910
0
378
Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Dilxumor Esirgapova
Перейти на страницу артиста
Текст: Dilxumor Esirgapova - O’zbegim:

Yurtlar ko’pdir bu dunyoda,
Jannatmakon ona vatanim,
Boshingda soyabon yurtboshing,
Qanotimsan o’zing, jon tanim,

Sinovli kunlarda bardoshi,
Sinalgan xalqim mening,
Ikki qo’li duoda bo’lgan,
Tarixi sharaf-shonim o’zing.

O’zbegim ko’klarga yetguvchi bardoshing bor,
Boshing silab asraguvchi yurtboshing bor,
Olloh nazar solgan yurtsan unutmagin,
Tomiringda buyuk zotlar qudrati bor.

Qad rostladi shifoxonalar,
Sinovli kunlarda panoh bo’lsin deb,
Yurtboshim uzatdi najot qo’llarin,
Xalqimning dardiga darmon bo’lsin deb.

Kunni tunga ulab bedor,
Bemorlarga shifo ulashar,
Xavf-xatarga jonini qalqon,
Aylar bugun shifokorlar.

O’zbegim ko’klarga yetguvchi bardoshing bor,
Boshing silab asraguvchi yurtboshing bor,
Olloh nazar solgan yurtsan unutmagin,
Tomiringda buyuk zotlar qudrati bor.

O’zbegim ko’klarga yetguvchi bardoshing bor,
Boshing silab asraguvchi yurtboshing bor,
Olloh nazar solgan yurtsan unutmagin,
Tomiringda buyuk zotlar qudrati bor.

Shifo topib xasta bemorlar,
Unutilar qayg’u-armonlar,
Tabassumlar qaytsa lablarga,
Shukronalik to’lar qalblarga.

Sayr etamiz ko’chalaringda,
To’lin oydek kechalaringda.

Читать далее Скрыть описание
Еще