G’ayrat Usmonov - Yuragingda
G’ayrat Usmonov - Yuragingda

G’ayrat Usmonov - Yuragingda

895
0
328
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
G’ayrat Usmonov
Перейти на страницу артиста
Текст: G’ayrat Usmonov - Yuragingda:

Sizga to‘ylar kelodi, bizga o‘ylar oy boshi,
Qismatimga qo‘l berib, o‘zim bo‘lay to‘y boshi.
Soylar soyga oqdilar, boylar sizga boqdilar,
Nima bo‘lsa men bo‘lay,
Egilmasin boy boshi.

Suv yo‘lidan yurmagin,
Ezilmasin yuraging,
Ikkimizni bir ko‘rmay,
Yig‘layapti soy boshi.

Suv yo‘lidan yurmagin,
Ezilmasin yuraging,
Ikkimizni bir ko‘rmay,
Yig‘layapti soy boshi.

Sizga yor-yor aytamiz,
Tolib to‘ydan qaytamiz,
Sizga bo‘lgan hislarni,
Endi soyga aytamiz.

Sizga yor-yor aytamiz,
Tolib to‘ydan qaytamiz,
Sizga bo‘lgan hislarni,
Endi soyga aytamiz.

Gado bo‘lsam mayli-yu,
Ado bo‘lsam mayli-yu,
Manziliga yetganda,
Qayrilmasin toy boshi.

Qayda oshiq xor emas,
Bizga xorlik or emas.
Yig‘larmidi tuyingda,
Qirqilmasa nay boshi.

Go‘shangada uyolib,
Yorga tutsang piyola,
Mug‘anniyga atalib,
To‘kilmasin choy boshi.

Go‘shangada uyolib,
Yorga tutsang piyola,
Mug‘anniyga atalib,
To‘kilmasin choy boshi.

Sizga yor-yor aytamiz,
Tolib to‘ydan qaytamiz,
Sizga bo‘lgan hislarni,
Endi soyga aytamiz.

Sizga yor-yor aytamiz,
Tolib to‘ydan qaytamiz,
Sizga bo‘lgan hislarni,
Endi soyga aytamiz.

Читать далее Скрыть описание
Еще