Sevmasang, sevdim deb, jonim netarding,
Sevdim derding-u, sevsang qayga ketarding?
Sevmasang, sevdim deb, jonim netarding,
Sevdim derding-u, sevsang qayga ketarding?
Bir yigit boshimga,
Bir yigit boshimga,
Bir yigit boshimga o‘zing yetarding,
Meni kimlarga ayt yolg‘iz tashlab ketding?!
Sog‘indim kelmaysanmi,
Shamol bo‘lib esmaysanmi?
Qayda bo‘lsang ham, yolg‘izim,
Hech meni eslaysanmi?
Sog‘indim kelmaysanmi,
Shamol bo‘lib esmaysanmi?
Qayda bo‘lsang ham yolg‘izim,
Hech meni eslaysanmi?
Eslaysanmi?
Tirnoqlarim uchidan
Sochimgacha sen,
Tomirlarim ichidan
Ohimgacha sen.
Shod kulib, qon yig‘lagan
Chog‘imgacha sen, yana sen.
Meni kimlarga ayt,
Yolg‘iz tashlab ketding?
Sog‘indim kelmaysanmi,
Shamol bolib esmaysanmi?!
Qayda bo‘lsang ham yolg‘izim,
Hech meni eslaysanmi?
Sog‘indim kelmaysanmi,
Shamol bo‘lib esmaysanmi?
Qayda bo‘lsang ham yolg‘izim,
Hech meni eslaysanmi?
Eslaysanmi?
Sensiz ado bo‘ldim,
Kulishga yo‘q holim.
Ishqqa gado bo‘ldim,
Gadosi ham o‘zim jonim.
Sensiz ado bo‘ldim,
Kulishga yo‘q holim.
Ishqqa gado bo‘ldim,
Gadosi ham o‘zim jonim.
Sog‘indim-ku men yorim,
Sog‘indim-ku men yorim.
Sog‘indim-ku men jonim.
Sog‘indim kelmaysanmi,
Shamol bo‘lib esmaysanmi?
Qayda bo‘lsang ham, yolg‘izim,
Hech meni eslaysanmi?
Sog‘indim kelmaysanmi,
Shamol bo‘lib esmaysanmi?
Qayda bo‘lsang ham, yolg‘izim,
Hech meni eslaysanmi?
Eslaysanmi?