G’ayrat Usmonov - Ona dialog
G’ayrat Usmonov - Ona dialog

G’ayrat Usmonov - Ona dialog

681
0
168
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
G’ayrat Usmonov
Перейти на страницу артиста
Текст: G’ayrat Usmonov - Ona dialog:

Men onamni ko’rmay necha yil,
Sovg’a oldim zeb-ziynat har xil,
Umr o’tmas ekanda bir xil,
Borsam onam qarib qolibdi.

Men ketganda sochi tim qora,
Ajini ham yo’q edi yuzda.
Eh tishlari tushibdi yana,
Borsam onam qarib qolibdi.

Qarang o’tib umr karvoni,
Ushalsin deb onam armoni,
Ishlab topdim mol-u dunyoni,
Borsam onam qarib qolibdi.

Yosh boladek bo’lib qolgan jim,
Sog’inganim yig’laydi yum-yum,
Meni sodda, oh mushtiparim,
Borsam onam qarib qolibdi.

Kamharjlab, kam yeb boqqanim,
Ming azobda g’am yeb boqqanim,
Dardidan gul qalbga taqqanim,
Borsam onam qarib qolibdi.

Sochlaringda oq bo’ldim, kechir,
Chorlar payting yo’q bo’ldim, kechir,
Qarg’ar meni dildagi mehr,
Borsam onam qarib qolibdi.

O’zi yemay to’plagan onam,
Yolg’izlikda ko’plagan onam,
O’ksima hech deb yuvoshginam,
Borsam onam qarib qolibdi.

Qarzim bor lek, uzolmaganim,
Hajga bir bor tuzolmaganim,
Dardlarini yozolmaganim,
Borsam onam qarib qolibdi.

Do’stlar umr g’animat biling,
Notirikmi xizmatin qiling,
Ko’nglin qo’ldan kelgancha oling,
Borsam onam qarib qolibdi.
Ko’nglin qo’ldan kelgancha oling,
Borsam onam qarib qolibdi.
Borsam onam qarib qolibdi.

Читать далее Скрыть описание
Еще