Hislarim o‘zimni qilganda so‘roq,
Qalbim nafas olmas yoqqanda firoq,
Olis manzillarni ko‘zladim, biroq,
Ko‘zim qayda edi seni ko‘rmagan?
Hislarim o‘zimni qilganda so‘roq,
Qalbim nafas olmas yoqqanda firoq,
Olis manzillarni ko‘zladim, biroq,
Ko‘zim qayda edi seni ko‘rmagan?
Armonlar sochiga boylandi baxtim,
Ne-ne ishq darsiga yetmadi aqlim,
Yulduzga yetguday bor edi shahdim,
Ko‘zim qayda edi seni ko‘rmagan?
Armonlar sochiga boylandi baxtim,
Ne-ne ishq darsiga yetmadi aqlim,
Yulduzga yetguday bor edi shahdim,
Ko‘zim qayda edi seni ko‘rmagan?
Go‘zallikda hurlarga teng ekansan,
Bahosi yo‘q durlarga teng ekansan.
Go‘zallikda hurlarga teng ekansan,
Bahosi yo‘q durlarga teng ekansan.
Izlaganim aslida sen ekansan,
Ko‘zim qayda edi seni ko‘rmagan?
Qiyosing topolmay ming bitta qizdan,
Ko‘nglim qolganida ne-ne gulyuzdan,
So‘ng baxt kutganimda bitta baxtsizdan,
Ko‘zim qayda edi seni ko‘rmagan?
Qiyosing topolmay ming bitta qizdan,
Ko‘nglim qolganida ne-ne gulyuzdan,
So‘ng baxt kutganimda bitta baxtsizdan,
Ko‘zim qayda edi seni ko‘rmagan?
Ortingdan termulib, oh chekib qoldim,
Visoling ko‘yiga ichikib qoldim.
Ortingdan termulib, oh chekib qoldim,
Visoling ko‘yiga ichikib qoldim.
Endi men yashashdan kechikib qoldim,
Ko‘zim qayda edi seni ko‘rmagan?
Bo‘larsan nurlarga chomilgan ayol,
Shunda unutarman seni ehtimol.
Lekin qiynayverar meni bir savol:
Ko‘zim qayda edi seni ko‘rmagan?
Bo‘larsan nurlarga chomilgan ayol,
Shunda unutarman seni ehtimol.
Lekin qiynayverar meni bir savol:
Ko‘zim qayda edi seni…