Kuy chalayin dutorda torini chertib-chertib,
Yig’lab xumor chiqargin yuragim ezib-ezib.
Kuy chalayin dutorda torini chertib-chertib,
Yig’lab xumor chiqargin yuragim ezib-ezib.
Ko’zda yoshing qaraysan,
Qarashingda ma’no bor.
Garchi birga bo’lmaymiz,
Yuraklar bo’lsa-da zor.
Kuylarimdan bahra ol,
Kuylar senga atalagan,
Ilk muhabbat degani,
Yuz yoshda ham qaytarkan.
Kuylarimdan bahra ol,
Kuylar senga atalagan,
Ilk muhabbat degani,
Yuz yoshda ham qaytarkan.
Garchi sendan uzoqda,
Hayotingni kuzatdim.
Seva turib jon dildan,
Begonaga uzatdim.
Garchi sendan uzoqda,
Hayotingni kuzatdim.
Seva turib jon dildan,
Begonaga uzatdim.
Yig’lamagin alamdan,
Alam bermasin ozor.
Bizni ilk sevgimizdan,
Yoring bo’lmasin oshkor.
Kuylarimdan bahra ol,
Kuylar senga atalagan,
Ilk muhabbat degani,
Yuz yoshda ham qaytarkan.
Kuylarimdan bahra ol,
Kuylar senga atalagan,
Ilk muhabbat degani,
Yuz yoshda ham qaytarkan.
Keksayib holdan toysam,
Ketganida ko’z nurim.
Sen hamon qalbimdasan,
Ey mening xushbo’y gulim.
Kuylarimdan bahra ol,
Kuylar senga atalagan,
Ilk muhabbat degani,
Yuz yoshda ham qaytarkan.