Otabek Muhammadzohid - Shifokorlar
Otabek Muhammadzohid - Shifokorlar

Otabek Muhammadzohid - Shifokorlar

400
2
82

Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Otabek Muhammadzohid
Перейти на страницу артиста
Текст: Otabek Muhammadzohid - Shifokorlar:

Oftob nur sochar yuzlaringizdan,
Asal bol tomar so’zlaringizdan,
Mehr tovlanar ko’zlaringizdan,
Jonlarga jonlarsiz shifokorlar.

Oftob nur sochar yuzlaringizdan,
Asal bol tomar so’zlaringizdan,
Mehr tovlanar ko’zlaringizdan,
Jonlarga jonlarsiz shifokorlar.

Avlodlarisiz Ibn Sinoning,
Tabiblar piri buyuk dahoning,
Suyganlarisiz qodir Xudoning,
Jonlarga jonlarsiz shifokorlar.

Jonlarga jonlar, dardga darmonlar,
Jonlarga jonlar, dardga darmonlar,
Aziz boshingiz bo’lsin omonlar,
Jon shifokorlar.

Oppoq liboslik umri fidolar,
Mehrgiyosiz nurli siymolar,
Bemor qalbida cheksiz duolar,
Qalbi ummonlar, siz shifokorlar.

Shifolar topdim qo’llaringizda,
Chamanlar kulsin yuzlaringizda,
Ko’rmadim g’ubor so’zlaringizda,
Shirin zabonlar siz shifokorlar,
Jonlarga jonlar, dardga darmonlar,
Jonlarga jonlar, dardga darmonlar,
Aziz boshingiz bo’lsin omonlar,
Jon shifokorlar.

Qalbi ummonlar, shirin zabonlar,
Qalbi ummonlar, shirin zabonlar,
Aziz boshingiz bo’lsin omonlar,
Jon shifokorlar, jon shifokorlar.

Читать далее Скрыть описание
Еще