Ahror Baxshi - Vafo qani
Ahror Baxshi - Vafo qani

Ahror Baxshi - Vafo qani

1310
3
717
Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Ahror Baxshi
Композиторы
Ahror Baxshi
Авторы текстов
Ahror Baxshi
Аранжировщики
Ozodbek Berdiyev
Перейти на страницу артиста
Текст: Ahror Baxshi - Vafo qani:

Sevaman deb aldaganing alam qildi,
Hayotimni o’ynaganing alam qildi,
Ko’p xiyonat aylaganing alam qildi,
Vafo qani sevgimizga, vafo qani?

Endi meni kechiring deb yalinmagin hech,
Nafratim bor ko’zlarimga ko’rinmagin hech,
O’zingni oqlashga urinmagin hech,
Vafo qani sevgimizga, vafo qani?

Bevafoning ozoridan kuyib ketdim,
Yolg’onchi yor yolg’onidan to’yib ketdim,
Yuragimning tub-tubini o’yib ketding,
Vafo qani sevgimizga, vafo qani?

Sen go’zalni qara jonim, jondan sevdim,
Achinaman qancha vaqtga, qara kuydim,
Afsus mana endi baxtsiz yuribmana,
Vafo qani sevgimizga, vafo qani?

Sog’inasan, hali yomon sog’inasan,
Yalinasan kechiring deb, yalinasan,
O’sha payti kimga qarab ovunasan,
Vafo qani sevgimizga, vafo qani?

Bevafoning ozoridan kuyib ketdim,
Yolg’onchi yor yolg’onidan to’yib ketdim,
Yuragimning tub-tubini o’yib ketding,
Vafo qani sevgimizga, vafo qani?

Yolg’onlarga ishonganim yomon bo’ldi,
Muhabbatim yuragimga armon bo’ldi,
Tamom bo’ldi sevgim tamom bo’ldi,
Vafo qani sevgimizga, vafo qani?

Bevafoning ozoridan kuyib ketdim,
Yolg’onchi yor yolg’onidan to’yib ketdim,
Yuragimning tub-tubini o’yib ketding,
Vafo qani sevgimizga, vafo qani?

Читать далее Скрыть описание
Еще