Qalbimning egasi yuragim sizda,
Sochlari uzun goʻzal bir sizda.
Oppoq orzulari sochidan uzun,
Uyaladi hatto qop-qorongʻu tun.
Hayollarim oʻynar sochi yoyilsa,
Tabassum yuzida guldek ochilsa.
Kiprigi misli yuragim tori.
Oʻynab ketar hatto qalbim dutori.
Oʻynab ketar hatto qalbim dutori.
Usiz xasta yurak yurakmi,
Goʻzal qizlar menga kerakmi?
Oy jamolin koʻrgan zamon,
Yoʻq boʻlardi qalbimdan armon. (2x)
Ado qilar meni bir kun jamoli,
Totlidir baribir uning qiynogʻi,
Uzun sochlariga toʻkilsa yoshim,
Uning qarshisida egildi boshim.
Usiz xasta yurak yurakmi?
Goʻzal qizlar menga kerakmi.
Oy jamolin koʻrgan zamon,
Yoʻq boʻlardi qalbimdan armon. (4x)