Bobur To'raqulov - Seni topdimmi
Bobur To'raqulov - Seni topdimmi

Bobur To'raqulov - Seni topdimmi

879
0
201
Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Bobur To'raqulov
Перейти на страницу артиста
Текст: Bobur To'raqulov - Seni topdimmi:

Ko’r gulim, tuproq dunyoda,
Har bir kuni firoq dunyoda,
Sevgi mendan yiroq dunyoda,
Kelib-kelib seni topdimmi?

Bog’lanib suzilgan ko’zingga,
Aldanib vafosiz o’zingga,

Begonaman o’zim-o’zimga,
Kelib-kelib seni topdimmi?
Begonaman o’zim-o’zimga,
Kelib-kelib seni topdimmi?

Aqlim olding xayol chalg’itib,
Aldandimda, jonimdan kechib,
Shuncha alam, shuncha qon yutib,
Kelib-kelib seni topdimmi?

Ilindim makringni domiga,
Dog’ tushdi yorliging nomiga,
Eh, achindim oshiqlar holiga,
Kelib-kelib seni topdimmi?
Do’st achindi meni holimga,
Kelib-kelib seni topdimmi?

Umidingda nech kun o’tib,
Hatto borlig’imni unutib,
Qancha malak, go’zallar turib,
Kelib-kelib seni topdimmi?
G’amimga yig’laydi samo,
Diydang qattiqmidi, ajabo?!
Ey ishqi yo’q, dardi bedavo,
Kelib-kelib seni topdimmi?

Gul bog’ida yagonamassan,
Qalbi timsol durdonamassan,
Bilib qo’ygin farishtamassan,
Kelib-kelib seni topdimmi?
Sevdim, vujud topmadi huzur,
Kechir dema, so’rama uzr,

Vaqt qidirib hayhot bir umr,
Izlab-izlab seni topdimmi?
Vaqt qidirib hayhot bir umr,
Izlab-izlab seni topdimmi?

Kelib-kelib seni topdimmi?

Читать далее Скрыть описание
Еще