Surxanimning parivashlari,
Ey jonimning qarindoshlari,
Bo’yningizga marvarid bo’lsin,
Marjon-marjon ko’zim yoshlari.
Surxanimning parivashlari,
Ey jonimning qarindoshlari,
Bo’yningizga marvarid bo’lsin,
Marjon-marjon ko’zim yoshlari.
Muhabbatdan aytishib o’lan,
Quvalashib o’sdik siz bilan,
Ketdim keyin bulutday ko’chib,
Qaytay endi qaysi yuz bilan?
Yodimda sof tuyg’ularingiz,
Jaranglagan kulgularingiz,
Hayotimda bo’lmasangiz ham,
Xayolimda yurdingiz.
Surxanimning parivashlari,
Ey jonimning qarindoshlari,
Bo’yningizga marvarid bo’lsin,
Marjon-marjon ko’zim yoshlari.
Surxanimning parivashlari,
Ey jonimning qarindoshlari,
Bo’yningizga marvarid bo’lsin,
Marjon-marjon ko’zim yoshlari.
Siz men uchun o’sha-o’sha sho’x,
O’sha-o’sha erka bo’ldingiz.
Qo’rg’onimga kelmasangiz ham,
Armonimga beka bo’ldingiz.
O’yin dedi bu yorug’ olam,
O’yin qildik muhabbatmi ham.
Qizlar o’lan aytib gohida,
Eslab qo’ying Muhammadni ham.
Surxanimning parivashlari,
Ey jonimning qarindoshlari,
Bo’yningizga marvarid bo’lsin,
Marjon-marjon ko’zim yoshlari.
Surxanimning parivashlari,
Ey jonimning qarindoshlari,
Bo’yningizga marvarid bo’lsin,
Marjon-marjon ko’zim yoshlari.