Boburbek Arapbaev - Erkak dardi
Boburbek Arapbaev - Erkak dardi

Boburbek Arapbaev - Erkak dardi

742
4
626

Информация о песне:
Год выпуска
2020
Артисты
Boburbek Arapbaev
Перейти на страницу артиста
Текст: Boburbek Arapbaev - Erkak dardi:

Ichida bo’larkan erkakning dardi,
Pinohona turarkan har qanday mardi,
Yonimda yurganda bilinmas ekan,
Olisda bilindi onamning qadri.
Ko’zimni to’ldirib yig’lay olmayman,
Qaytay desam bo’sh qaytolmayman,
Birovga dardimni ayta olmayman,
Olisda bilindi onamni qadri.

Onam edi hayotda mexribon do’stim,
O’ynab-kulib bag’rida beg’ubor o’sdim,
Yo’q edi aslida hech kam-u ko’stim.
Olisda bilindi onamning qadri.

Voyaga yetdim-u, yonidan qochdim,
Bag’ridan olisga ketguncha shoshdim,
Boylik izlab hatto aqlimdan shoshdim,
Olisda bilindi onamning qadri.

Bunchalar berahm farzand bo’lmasam,
Onam sog’insa-yu xabarin olmasam,
Endi uyat bo’lar yotib yig’lasam,
Olisda bilindi onamning qadri.

Qog’ozga to’kdim bor yo’q dardimni,
Azoblar o’rtaydi yurak bag’rimni,
Faqat onam bilar meni qadrimni,
Olisda bilindi onamning qadri.

Читать далее Скрыть описание
Еще