Odilbek Abdullayev - Galdingmi
Odilbek Abdullayev - Galdingmi

Odilbek Abdullayev - Galdingmi

1060
5
384
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Odilbek Abdullayev
Перейти на страницу артиста
Текст: Odilbek Abdullayev - Galdingmi:

Ey beaql bu dunyog‘a,
Qarg‘ish olmoqqa galdingmi?
Ey beaql bu dunyog‘a,
Qarg‘ish olmoqqa galdingmi?
Jon ato qilg‘an Xudog‘a,
Qarshi chiqmoqqa galdingmi,
Jon ato qilg‘an Xudog‘a,
Qarshi durmoqqa galdingmi?!

Osiy bo‘lma, o‘rningni bil,
Haq buyurg‘an amalni qil.
Osiy bo‘lma, o‘rningni bil,
Haq buyurg‘an amalni qil.
Yaratganga durundir u,
Kofir bo‘lmoqqa galdingmi?
Yaratganga durundir u,
Kofir bo‘lmoqqa galdingmi?

Jilovla nafsi balongni,
Vaqt bor tuzat xatongni.
Jilovla nafsi balongni,
Vaqt bor tuzat xatongni.
U dunyoyi bu dunyongni,
O‘tda yoqmoqqa galdingmi?

Jon chiqsa tannan na foyda?
Jism arib yana loyda.
Jon chiqsa tannan na foyda?
Jism arib yana loyda.
Bir o‘zinga yetti joyda,
Qasr qurmoqqa galdingmi?

Yashashga kelding hayotga,
Qolma yomon degan otga.
Yashashga kelding hayotga,
Qolma yomon degan otga.
Odamdek tabarruk zotga,
Isnod bo‘lmoqqa galdingmu?

Yomon ko‘rma Azimjonni,
Izda qildirdim shaytonni,
Qalbda turg‘on sof vijdonni,
Ado qilmoqqa galdingmu?
Qalbda turg‘on sof vijdonni,
Ado qilmoqqa galdingmu?

Ado qilmoqqa galdingmi?
Qarg‘ish olmoqqa galdingmi?
Munkir bo‘lmoqqa galdingmi?
Gunoh yig‘moqqa galdingmi?!

Читать далее Скрыть описание
Еще