Odilbek Abdullayev - Do’st

Odilbek Abdullayev - Do’st

18641
76
4063
Информация о песне:
Год выпуска
2019
Артисты
Odilbek Abdullayev
Перейти на страницу артиста
Текст: Odilbek Abdullayev - Do’st:

Do‘st degan ko‘p omad kutsang,
Misoli qush bo‘lib uchsang
Do‘st degan ko‘p omad kutsang,
Misoli qush bo‘lib uchsang,
Nogoh mansabingdan tushsang,
Bir bor xabar olmaydilar.
Nogoh mansabingdan tushsang,
Bir bor xabar olmaydilar.

Borida bolim yeganlar,
Qadrdon do‘stim deganlar,
Qoqilsam hatto kulgaylar,
Qarzga bir so‘m bermaydilar.
Qoqilsam hatto kulgaylar,
Qarzga bir so‘m bermaydilar.
Bir bor xabar olmaydilar.

Sha‘ningga olqishlar aytib,
Maqtaganlar ko‘pik sochib,
O‘lsang, ishon, vaqt ajratib,
Marakangga kelmaydilar.
O‘lsang, ishon, vaqt ajratib,
Marakangga kelmaydilar.

Foydang tegsa izingdalar,
Yo‘rig‘ingda, izmingdalar,
Sal bo‘shashsang ustingdalar,
Oqibatni bilmaydilar.
Sal bo‘shashsang ustingdalar,
Oqibatni bilmaydilar.

Besh barmoq tengmas Azimjon,
Chin vafoli do‘st ko‘p ishon.
Besh barmoq tengmas Azimjon,
Chin vafoli do‘st ko‘p ishon.
Mol-u davlat deb hech qachon,
Do‘stlar do‘stni sotmaydilar.
Mol-u davlat deb hech qachon,
Do‘stlar do‘stni sotmaydilar.
Do‘stlar do‘stni sotmaydilar,
Bir-birini sotmaydilar.

Читать далее Скрыть описание
Еще