Ko’nglingizni cho’ktirmang sira,
Amal qiling tinglang bu so’zni.
Vahimaga tushgandan ko’ra,
Kulib yengaylik biz virusni.
Yuzingizga maskani taqing,
Ogohlikka chorlaylik xalqni.
Qo’lni tez-tez yuvib turishga,
O’rgataylik qadirdonlarni.
O’zingizni sog’lig’ingizga,
E’tiborsiz bo’lmang odamlar.
Virusni deb ortga chekinmang,
Bosing dadil olg’a qadamlar.
Buni Olloh jo’natdi biling,
Insonlarni qilmishlaridan.
Yaratganga sajdalar qiling,
Qutilasiz tashvishlardan.
Vahimaga tushmang odamlar,
Uchmang yolg’onchilar so’ziga.
Qaytar hali yana shu damlar,
Ishonsangiz Olloh o’ziga.
Yomonlarga bo’ldi bu jazo,
Qo’rqmang hali olyapmiz havo.
Qo’lingizni oching duoga,
Barchasiga Yaratgan davo.
Buni Olloh jo’natdi biling,
Insonlarni qilmishlaridan.
Ibn Sino bobom madadkor,
Qutilamiz bari baridan.
Buni Olloh jo’natdi biling,
Insonlarni qilmishlaridan.
Yaratganga sajdalar qiling,
Qutilamiz tashvishlardan.